Rayya "Arsenal" safida "quruq" o'yinlar bo'yicha navbatdagi natijaga erishdi

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayya "kanonirlar" safida gol o'tkazib yubormagan o'yinlarda yubiley natijasiga erishdi.
Ma'lum bo'lishicha, Chempionlar ligasida Praganing "Slaviya" klubi ustidan qozonilgan g'alabasi Rayyaning "Arsenal" safida 50-quruq o'yini bo'ldi.
Rayya joriy mavsum barcha musobaqalarda bor yo'g'i uchta gol o'tkazib yubordi.
"Arsenal" oxirgi marta 28 sentyabr kuni APL 6-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga (2:1) qarshi o'yinda gol o'tkazib yuborgandi.