Angliya terma jamoasi xavbeki Deklan Rays argentinalik hujumchi Lionel Messining Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati – 2026 dagi ishtirokiga baho berdi.

«Biz qandaydir o'zgacha voqeaga guvoh bo'lmoqdamiz. Uning bu yoshda nimalar qilayotgani shunchaki aqlbovar qilmaydi. Uning o'yinini ko'rganimda katta zavq olaman», — deya yarim himoyachining so'zlari keltiriladi insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida.

Jahon chempionati guruh bosqichining ikkita o'yinida 38 yoshli argentinalik futbolchi beshta to'p kiritdi. Umumiy hisobda Messi hisobida 18 ta gol mavjud. Lionel germaniyalik Miroslav Klozening (16) natijasini yangilab, mundiallar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

Manba: Stadion.uz