Rays: «Manchester Siti» bilan o'yin oldidan xatolarni to'g'irlashimiz kerak»

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays APL doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan yakshanba kungi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Gapni aylantirib o'tirishning hojati yo'q. Biz «Bornmut»ga qarshi o'yindagidan (1:2) va bugungi [«Sporting»ga qarshi — 0:0] bahsdagidan ancha yaxshiroq o'ynashimiz shart.
So'nggi paytlarda biz avvalgi haftalarga qaraganda ko'proq xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Gap oddiy texnik harakatlarni yaxshilash haqida ketmoqda — to'pni beparvolik bilan yo'qotayotgan vaziyatlarimizda, ya'ni qisqa va o'rta masofaga uzatmalarda diqqatni oshirishimiz kerak. Shuningdek, to'p bilan ishlashda ishonch ham muhim: ko'proq teginish, erkin harakat qilish va bosimga e'tibor bermaslik lozim.
«Etihad» — bu haqiqiy sinov, lekin biz aynan shuning uchun ham futbol o'ynaymiz. Xullas, ishga kirishamiz», — dedi Rays.