Londonning «Arsenal» klubi markaziy yarim himoyachisi Deklan Rays ingliz jamoasi ichidagi muhit haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Mavsum davomida shunday bo'ldi va biz oxirigacha shuni istaymiz: cho'qqida qolish va ijobiy kayfiyatni saqlash. Biz aynan g'alaba qozonishda davom etishga intilamiz», — dedi Rays «Nyukasl» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.

Mikel Arteta jamoasi Angliya Premer-ligasining oltin medallari uchun kurashni davom ettirmoqda. Ayni damda «kanonirlar» hisobida 73 ochko mavjud — londonliklar «Manchester Siti»dan uch ochko oldinda bormoqda. Biroq «shaharliklar» ixtiyorida yana bitta zaxira o'yini mavjud.