Rays Angliya terma jamoasining so'nggi besh yildagi eng tezkor golini urdi

Angliyalik himoyachi Deklan Rays Angliya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi Jahon chempionatining 3-o'rin uchun kechayotgan bahsida juda tez hisobni ochdi. U o'yinning 134-soniyasida (2:14) darvozani ishg'ol qildi.
Ma'lum bo'lishicha, bu Angliya terma jamoasining so'nggi besh yil ichidagi eng tezkor goli hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord Lyuk Shouga tegishli bo'lib, u 2021 yilgi Evropa chempionati finalida italiyaliklar darvozasini ikkinchi daqiqa boshlanishidan oldinroq ishg'ol qilgandi.
To'g'ri, o'shanda inglizlar finalda mag'lubiyatga uchrashgan edi. Bu ular ketma-ket boy bergan Evropa chempionati finallarining birinchisi edi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining final uchrashuvi 19 iyul oqshomida bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar