"Rayo Valekano" La Liga turnir jadvali peshqadami Madridning "Real" klubidan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldi.

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. E'tiborlisi, "Rayo Valekano" joriy mavsumda ispan futbolining har ikkigigantiga yutqazmagan ilk jamoaga aylandi. Sentyabr oyida "Barselona" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ham durang qayd etilgandi - 1:1.

Inigo Peres jamoasi 12 turdan so'ng 15 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. "Rayo" keyingi turda autsayder "Ovedo" mehmoni bo'ladi.