Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi Filippin bilan kuch sinashmoqda. Mazkur o'yinda vakillarimizni Ravshan Haydarov murabbiy sifatida boshlab tushdi. Ravshan Akmalovich uchun bu faoliyatidagi 3-Osiyo o'yinlari hisoblanadi va bu borada rekordini yangiladi. Yani bunga qadar hech qaysi murabbiy futbol terma jamoamizni 3 marotaba Osiyo o'yinlariga olib bormagan.

Bunga qadar mutaxassis 2 marotaba ushbu turnirda qatnashgan edi.

1. Osiyo o'yinlari-2002 (Busan)

2. Osiyo o'yinlari-2018 (Jakarta)

3. Osiyo o'yinlari-2026 (Aichi-Nagoya)

Osiyo o'yinlarida terma jamoamizni boshqargan murabbiylar:

1994. Rustam Akramov

1998. Ubiraja Vega da Silva

2002. Ravshan Haydarov

2006. Rauf Inileev

2010. Ahmad Ubaydullaev

2014. Mirjalol Qosimov

2018. Ravshan Haydarov

2023. Timur Kapadze