Ravshan Ermatov: «Katanets bilan shartnoma uzaytirilishi kerak edi»

O'FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Srechko Katanets haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Srechko Katanets boshchiligudagi jamoa bilan Jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilgach, shartnoma muddati uzaytirilishi ko'zda tutilgan edi. Biroq bosh murabbiyning salomatligi kutilmaganda yomonlashdi.
Uning murabbiylar jamoasi esa akademiyada, turli terma jamoalarimizda faoliyat yuritishlari kutilmoqda.
Murabbiy tayinlashda xalqaro ekspertlar, tahlilchilar va murabbiylar kengashi tomonidan doimiy ravishda o'rganishlar dav etdi. Timur Kapadzening salohiyati va murabbiylik magoratiga zarracha shubha yo'q, unga nisbatan hurmatsizlik qilinmadi. Maqsadimiz birgalikda xalqaro darajada rivojlanishdan iborat», - dedi Ermatov matbuot anjumanida.