Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Raul Gonsales "blankos" yoshlar jamoasi sobiq ustozi bir kun kelib jamoaga qaytishga umid qilmoqda.

"Men qulay fursat kelganda qaytaman," - dedi sobiq forvard Con Mucho De podkasti davomida.

Eslatib o'tamiz, Raul Madrid klubida 1994-2010 yillar davomida to'p surgan, u uzoq vaqt davomida "Real" safida gol urish bo'yicha rekordchi bo'lgan, keyin Krishtianu Ronaldu undan o'zib ketgandi. Shuningdek, Raul "Shalke-04", Qatarning "As-Sadd" va AQShning "Nyu-York Kosmos" klublarida ham o'ynashga ulgurgan.