Nikolas Gonsales "Yuventus"dan "Atletiko"ga o'tdi.

Madrid klubi 27 yoshli vingerni ijaraga olganini e'lon qildi.

Turin klubi futbolchining ijarasi uchun 1 million evro olishini, bu summa 2 milliongacha oshishi mumkinligini aytdi. Bundan tashqari, Madrid klubi Gonsalesni 32 million evroga sotib olishga majbur bo'ladi - bu mablag' uch yil ichida to'liq to'lanadi.

O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi A Seriyada 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.