Rasman. Xavi Simons - «Tottenxem» futbolchisi!

Xavi Simons "Tottenxem"ga o'tdi.
Angliya klubi "Leyptsig" yarim himoyachisini sotib olganini e'lon qildi. Niderlandiyalik futbolchi yangi jamoasida 7-raqam ostida harakat qiladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "shporlar" 60 mln evro to'lagan, Simons bilan shartnoma esa yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan besh yilga mo'ljallangan.
Yanvar oyida "Leyptsig" xavbekni "PSJ"dan 50 mln evroga sotib olgandi.
Manba: www.stadion.uz.