O'zPFL Superligada yil laureatlarini aniqlamoqda.

Liga rasmiy telegram-kanali xabariga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan chempionat g'olibiga aylangan Vitaliy Levchenko Superligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. U yakuniy uchlikda Kamoliddin Tojiev va Vadim Abramovni ortda qoldirdi.

Bugun, 1 dekabr kuni 53 yoshli mutaxassis "Neftchi" bilan xayrlashdi. Uning amaldagi shartnomasi uzaytirilmadi.

Manba: pfl.uz