Villian "Gremio" futbolchisiga aylandi.

Yozda vinger shartnomasi yakunlangach, "Fulxem"ni tark etdi. Avgust oyida futbolchi 37 yoshga to'ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchi "Gremio"da tibbiy ko'rikdan o'tgan va klub bilan shartnoma imzolagan.