Rasman. "Valensiya" APL klubi yarim himoyachisi transferini e'lon qildi

Tayanch yarim himoyachisi Gido Rodriges "Vest Xem"dan "Valensiya"ga o'tdi. Bu ijara yoki to'laqonli transfer ekani haqida "ko'rshapalaklar" xabar bermadi.
Rodriges joriy mavsum "bolg'achilar" safida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. U rasmiy turnirlarda bor-yo'g'i sakkizta o'yin o'tkazdi.
Argentinalik himoyachi "Vest Xem"ga 2024 yilning yozida "Betis"dan o'tgan.
"Valensiya" joriy mavsumda La Ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Klub hisobida bor-yo'g'i 23 ochko va 14-o'rin bor, 18-o'rin bilan oradagi farq esa 2 ochko.