Rasman. Umtiti 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Barselona» va Frantsiya terma jamoasining sobiq markaziy himoyachisi Samuel Umtiti 31 yoshida professional faoliyatini yakunladi.
«Ko'tarilish va pasayishlarga to'la, sermazmun kareradan so'ng «xayr» deyish vaqti keldi... Men maydonda hammasiga borimni berdim va hech narsadan afsuslanmayman.
Barcha klublar, prezidentlar, murabbiylar va men bilan ishlagan futbolchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman», – deb yozdi Umtiti ijtimoiy tarmoqlarda.
Yozda u «Lill» bilan shartnomasi tugaganidan keyin jamoasiz qolgandi. Salomatlik muammolari sababli u 2024 yil yanvaridan beri maydonga tushmagan.
Umtiti 2018 yil Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan.
Klub darajasida esa eng ko'p «Barselona» safidagi o'yinlari bilan tanilgan.
Manba: bombardir.ru