«Tottenxem» rasmiy saytida qanot hujumchisi Manor Solomonni «Vilyarreal»dagi ijaradan qaytarib olganini e'lon qildi. Isroillik futbolchi joriy mavsum oxirigacha ijara asosida «Fiorentina» safida to'p suradi.

2025/2026 yillar mavsumining birinchi yarmida Solomon «Vilyarreal» tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Hujumchi 2023 yil yozida London klubiga erkin agent sifatida qo'shilgan. Shu vaqt ichida Solomon 6 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi.

Manba: championat.com