Rasman. «Torino» «Inter» futbolchisini ijaraga oldi

«Torino» klubi «Inter»ning markaziy yarimhimoyachisi Kristyan Asllani bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.
Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o'ynaydi. Shartnoma qiymati 1,5 million evroni tashkil etadi, keyinchalik uni 12 million evroga to'liq sotib olish huquqi ham nazarda tutilgan.
23 yoshli Asllani «Inter» tarkibida 99 ta o'yinda 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Albaniya terma jamoasi safida esa 33 ta o'yinda 3 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
Manba: bombardir.ru