Rasman. «Surxon» bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

«Surxon» klub tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan Stanislav Petrovich Kudryashov mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa boshqaruvidan ozod etildi va rasman klubni tark etdi.
Uning o'rniga vaqtincha bosh murabbiy vazifasini avval U-21 jamoasi bilan ishlagan Anvar G'ofurov bajarib turadi.
"Klub nomidan Stanislav Kudryashovga keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz", — deyiladi "Surxon" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL