Rasman. Superligada qishning dastlabki rasmiy transferi e'lon qilindi (foto)

Ortda qolgan mavsumni Farg'onaning "Neftchi" klubida o'tkazgan qanot vingeri Bilolxon Toshmirzaev jamoadan ketgani haqida xabar bergan edik.
O'zPFL rasmiy telegram-kanali 28 yoshli futbolchi "Bunyodkor"ga o'tganini e'lon qildi.
Toshmirzaev "qaldirg'ochlar" bilan 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Bu qishning ilk rasmiy transferi bo'ldi.

Manba: www.stadion.uz.