Rasman! Slot mavsum yakunlariga ko'ra «Liverpul»dan bo'shatildi

Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyligidan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, ushbu qaror 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha qabul qilingan. Ayni damda «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «qizillar» boshqaruviga kelish uchun asosiy favorit bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Slot 2024 yildan buyon «Liverpul»da faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida «qizillar» 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasi chempionligini qo'lga kiritishgan edi.