Saudiya Arabistoni terma jamoasida Jahon chempionati boshlanishiga ikki oy qolganda bosh murabbiy o'zgardi.

Mamlakat futbol federatsiyasi gretsiyalik mutaxassis Georgios Donis bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2027 yilning iyul oyiga qadar mo'ljallangan. Shu bilan birga, avvalgi bosh murabbiy Erve Renar bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.

Donis faoliyati davomida AEK, «Panatinaikos», PAOK va «Al-Fateh» kabi jamoalarda ishlagan. U bugungi tayinlovga qadar Saudiyaning «Al-Xalij» klubini boshqarib kelayotgan edi.