Tunis futbol federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali Sabri Lyamushining milliy terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketganini ma'lum qildi. Bunga jamoaning JCh–2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Shvetsiyaga 1:5 hisobida yirik mag'lub bo'lgani sabab bo'ldi.

Lyamushi Tunis terma jamoasini 2026 yildan boshqarib kelayotgan edi. Frantsiyalik mutaxassis faoliyati davomida «Kardiff Siti», «Nottingem Forest», «Ad-Duhayl», «Renn» klublari hamda Kot-d'Ivuar terma jamoasida ham ishlagan.

Manba: championat.com