Rasman! Ruben Amorim «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlandi

«Milan» Ruben Amorimni bosh murabbiy lavozimiga tayinladi.
«Biz Rubenni ko'p yillardan beri kuzatib kelamiz. Uning "Sporting" jamoasidagi ishi bizda katta taassurot qoldirdi va biz izlayotgan o'yin uslubini aks ettiradi. U yangi avlodning yaxshi tayyorgarlikka ega va innovatsion murabbiylaridan biri — yosh, intiluvchan, zamonaviy futbol uslubiga ega, to'p nazorati ustunligi, zamonaviy pressing tizimi va aniq taktik yondashuv bilan ajralib turadi», — dedi RedBird Capital Partners boshqaruvchisi Jerri Kardinale klubning rasmiy saytiga bergan bayonotida.
"Manchester Yunayted"ni avval boshqargan Amorim 2026 yil 5 yanvarda klubni tark etgan edi.

Manba: championat.com