Britaniyalik mutaxassis Gari O'Nil Frantsiya chempionatida ish boshladi. 42 yoshli murabbiy "Strasburg" bosh murabbiyi lavozimini Liam Rosenor ketganidan so'ng egalladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Angliya Premer-ligasida O'Nil "Bornmut" va "Vulverxempton"dagi faoliyati bilan tanilgan.

Angliyalik mutaxassis 8 yanvar, payshanba kuni ilk mashg'ulotini o'tkazadi. Uning qo'l ostidagi "Strasburg" debyut o'yinini 10 yanvar, shanba kuni Frantsiya kubogida o'tkazadi.

Liga 1 turnir jadvalida 24 ochko to'plagan jamoa jadvalda ettinchi o'rinni egallab turibdi.