Liam Rosenor "Chelsi" bosh murabbiyiga aylandi. 41 yoshli ingliz bilan 2032 yilga qadar shartnoma imzolangan.

1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini Entso Mareska tark etdi.

London klubi 19 o'yindan keyin 30 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. "Ko'klar" barcha musobaqalardagi so'nggi to'qqizta o'yinning atigi ikkitasida g'alaba qozonishdi.

Rosenor 2024 yilning yozidan beri "Strasbur"da ishlab kelayotgandi. Uning jamoasi o'tgan mavsumni Liga 1da 7-o'rinda yakunladi va Konferentsiyalar ligasiga yo'llanma oldi.