«Liverpul» himoyachisi Konstantinos Tsimikas Italiyaning «Roma» klubiga ijara asosida o'tdi, deb xabar bermoqda klubning rasmiy sayti.

29 yoshli futbolchining ijara shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Tsimikas «Roma» safida 12-raqam ostida harakat qiladi.

O'tgan mavsumda Tsimikas barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 18 mln evroni tashkil etadi.

Tsimikas avvalroq Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi hamda Niderlandiyaning «Villem II» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manba: championat.com