Rasman. "Real" Chempionlar Ligasi oldidan Kurtuani yo'qotdi

Madridning "Real" klubi jamoaning birinchi raqamli futbolchisi Tibo Kurtuaning sog'lig'i yuzasidan bayonot berdi. Matbuotda belgiyalik posbonga gastroenterit tashxisi qo'yilgani haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
"Tibbiy ko'rikdan so'ng Kurtuada virusli oshqozon-ichak infektsiyasi aniqlandi. Tibo Gretsiyaga bormaydi. U shifokorlar nazoratida bo'ladi", - deyiladi "qirollik klubi" xabarida.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan "Olimpiakos" - "Real" uchrashuvi ertaga, 26 noyabr kuni Gretsiyada bo'lib o'tadi.