Rasman. "Real" asosiy futbolchisidan kamida 1 oyga ayrildi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni jamoaning yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida ishtirok etmaydi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsuz chap oyoq muskullaridan jarohat olgan va shu sabab kamida 3 hafta maydonga tushmaydi.
Orelen dekabr oyi boshiga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Manba: www.stadion.uz.