Ertaga, 22 sentyabr, dushanba kuni Parijda nufuzli "Oltin to'p" topshirish marosimi bo'lib o'tadi. Unda "PSJ" delegatsiyasi ishtirok etmaydi.

Bunga sabab, parijliklarning bugungi "Marsel"ga qarshi o'yini noqulay ob-havo sharoiti sabab ertagaga ko'chirilgani bo'ldi.

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele mukofot uchun asosiy da'vogar hisoblanadi. U hozirda jarohat olgani sababli marosimga borishi mumkin.

Avvalroq, Lamin Yamal Parijga 20 qarindoshi bilan borishi ma'lum bo'lgandi.