Arnau Tenas "PSJ"dan "Vilyarreal"ga o'tdi.

Ispan klubi 24 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladilar.

Avvalroq kelishuv summasi 6 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi.

"PSJ" safida ispaniyalik futbolchi 2023 yildan buyon 8 ta o'yinda maydonga tushdi.