«Portu» klubi Yakub Kivyorni «Arsenal»dan 17 mln evroga sotib olganini rasman e'lon qildi. Qo'shimcha ravishda 5 mln evro bonuslar ko'zda tutilgan.

Shuningdek, futbolchi kelajakda qayta sotilgan taqdirda, portu»galiyaliklar «kanonirlar»ga yana 2 mln evro to'lab beradi.

Futbolchining «Portu» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Kelishuvda 70 mln evro miqdorida tovon puli belgilangan.

Joriy «Portugaliya chempionatida 26 yoshli himoyachi 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Shuningdek, u Evropa ligasida 8 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta assist qayd etgan.

Manba: championat.com