O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tadigan xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi.

Musobaqada Jahon chempionatida qatnashgan to'rt davlat — O'zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Barcha uchrashuvlar “An-Nasr” klubiga tegishli “Al-Maktum” stadionida bo'lib o'tadi.

Barcha bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan