Germaniyalik 29 yoshli darvozabon Aleksandr Nyubel rasman Istanbulning «Beshiktosh» klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda «qora burgutlar» matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Nyubel Turkiya klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer uchun «Bavariya» dastlab 6 million evro oladi, turli bonuslar orqali bu summa 11 million evrogacha etishi mumkin.

Aleksandr Nyubel «Paderborn» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yilda, 18 yoshida «Shalke» safiga qo'shilgan, 2020 yilda esa «Bavariya»ga o'tgan.

Eslatib o'tamiz, «Beshiktosh» so'nggi bor Turkiya chempionligini besh yil avval qo'lga kiritgan. Klub endi Nyubel yordamida yana mamlakatning eng kuchli jamoasiga aylanishni maqsad qilgan.

Manba: Stadion.uz