Namanganning "Navbahor" klubi o'z vingeri Abbos G'ulomov bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

27 yoshli futbolchining yangi kelishuv muddati aniq emas.

G'ulomov o'tgan mavsumda Superligada "Yil kashfiyoti" deb topildi. U jami 34 ta o'yinda 12 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirdi.