Rasman. "Napoli" vingeri bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi

"Napoli" klubi o'zining rasmiy sayti orqali qanot hujumchisi Matteo Politano bilan kelishuvni uzaytirganini e'lon qildi.
Futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
32 yoshli futbolchi klub safida 2020/21 yilgi mavsumdan buyon to'p tepib kelmoqda. U o'tgan davr mobaynida ikki marta Italiya chempioni bo'ldi va mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.