Rasmus Xyoylund "Napoli" futbolchisiga aylandi.

"Napoli" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olganini e'lon qildi.

Oldinroq italiyaliklar futbolchining ijarasi uchun 6 million evro, to'liq transferi uchun esa 44 million evro to'lashi xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda daniyalik futbolchi APLda 32ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan.