Yarim himoyachi Edson Alvares "Fenerbaxche" futbolchisiga aylandi. Istanbulliklar uni "Vest Xem"dan ijaraga olib, bir yillik ijara uchun 2 mln evro to'lagan. Turklar futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Eslatib o'tamiz, Alvares so'nggi ikki mavsum davomida "Vest Xem"da o'ynagan edi. U 2023 yilning yozida Amsterdamning "Ayaks" klubidan "bolg'achilar" futbolchisiga aylangandi.

"Fenerbaxche" ketma-ket ikkinchi mavsumni portugaliyalik Joze Mourino qo'l ostida o'tkazmoqda. O'tgan mavsumda "Fener" Superligada ikkinchi o'rinni egalladi.