"Monako" jamoa boshqaruviga Sebasten Pokonoli tayinlanganini e'lon qildi.

Belgiyalik 38 yoshli mutaxassis 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Pokonoli bungacha Belgiyaning "Yunion" klubini boshqargan va u bilan milliy chempionatda g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan.

Bir kun avval avstriyalik murabbiy Adolf Xyutter o'z lavozimini tark etgani ma'lum bo'lgandi. Uning qo'l ostida jamoa chempionatni ishonchsiz boshladi va etti tur yakunlariga ko'ra Liga 1 jadvalida beshinchi o'rinni egalladi.