Rasman. "Monako" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Avstriyalik mutaxassis Adi Xyutter "Monako" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Tegishli ma'lumotlar monegasklarning rasmiy saytida paydo bo'ldi.
"Klub Adi va uning xodimlariga amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilaydi," - deyiladi "Monako" bayonotida.
Mish-mishlarga ko'ra, tez orada frantsuz klubini Belgiyaning "Yunion" klubiga ustozlik qilayotgan Sebasten Pokonoli boshqarishi mumkin.
Xyutter 2023 yildan buyon "Monako"da ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida "Monako" Liga 1ning kumush va bronza medali sovrindoriga aylandi. Ayni vaqtda monakoliklar Frantsiya chempionati turnir jadvalida 13 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.