Rasman: «Monako» bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi

«Monako» matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli iste'foga chiqdi.
38 yoshli belgiyalik mutaxassis «Monako»ni 2025 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 38 ta o'yin o'tkazib, 16 ta g'alaba, 9 ta durang va 13 ta mag'lubiyat qayd etdi.
«Monako» o'tgan mavsumda 54 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinni egalladi. Jamoa keyingi mavsumda Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi. Jamoa safida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
May oyi oxirida insayder Fabritsio Romano «Monako»ga Filipe Luis yangi bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida xabar bergan edi.