Rasman. "Marsel" Rabo bilan janjallashgan Rouni A Seriya klubiga sotdi

"Marsel" Jonatan Rouni "Bolonya"ga sotdi.
Bitim tafsilotlari noma'lum. Biroq transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 19,5 mln evroni tashkil etishi, shuningdek, frantsuzlar kelajakda futbolchini qayta sotish summasining 10 foizini olishi xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, "Marsel" kiyinish xonasida o'zaro mushtlashgan Rou va Adrien Raboni transferga qo'ygan edi.
Rou o'tgan mavsumda Liga 1da 28ta o'yinda 3ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.