Rasman: Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Niderlandiyalik mutaxassis Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti xabar berdi.
«Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi Mark van Bommel (49 yosh) 2026 yilning 15 avgustidan «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Mark van Bommel Belgiya milliy terma jamoasini 2028 yilgi Evropa chempionatigacha boshqarishni ko'zda tutuvchi shartnomaga imzo chekdi.
Murabbiy sifatida Mark van Bommel PSV Eyndxoven, «Volfsburg» va «Antverpen» klublarini boshqargan. «Antverpen»da u katta muvaffaqiyatga erishib, klubni ichki arenada tarixiy oltin dublga etakladi — 2022/2023 yilgi mavsumda Belgiya Pro-ligasi va Belgiya kubogida zafar kuchdi», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Belgiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabidan Budeveyn Zenden, Marten Martens va Reynir Robbemond joy oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar