"Manchester Siti" va Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Benjamen Mendi Polshaning "Pogon" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda shetsinliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "Gavr" tarbiyalanuvchisi bungacha "Marsel", "Monako", "Manchester Siti", "Loryan", "Tsyurix" kabi jamoalarda to'p tepgan. U yozda Shveytsariya klubini tark etgandi.

Hozir Mendi 31 yoshda. Eslatib o'tamiz, chap qanot himoyachisi faoliyatini zo'rlash bilan bog'liq shov-shuvli voqea ancha izdan chiqardi.

Ayni paytda Transfermarkt portali uni 1 mln evroga baholamoqda.