«Manchester Siti» o'zining rasmiy saytida «PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarummaning transferi haqida e'lon qildi. Tomonlar 2030 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Turli manbalarga ko'ra, italiyalik darvozabonning transferi «Siti»ga 35 mln evrodan 39 mln evrogacha tushgan.

O'tgan mavsumda Donnarumma «PSJ» safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushdi, ularning 17 tasini darvozasini sof saqlagan holda yakunladi.

Faoliyati davomida Donnarumma to'rt marta Frantsiya chempioni, ikki marta mamlakat kubogi va uch marta Superkubok sohibi bo'lgan. «PSJ» tarkibida u Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritdi. «Milan» bilan esa Italiya Superkubogini yutib olgan, milliy terma jamoa bilan Evropa chempioniga aylangan.

Manba: championat.com