Rasman: «Manchester Siti» bosh murabbiy Pep Gvardiolaning ketishini e'lon qildi

«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoani tark etishini rasman e'lon qildi.
Ispaniyalik mutaxassis Angliya chempionati yakunlanganidan so'ng iste'foga chiqishga qaror qilgani haqidagi ma'lumotlar dushanba kuni paydo bo'lgan edi. Xabarlarga ko'ra, «Siti» boshqaruvida Gvardiolaning o'rnini Entso Mareska egallaydi.
Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti» klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa jami 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi. «Shaharliklar» 6 marta Angliya chempioniga aylanishdi, 3 martadan Angliya Kubogi va Superkubogida zafar quchishdi hamda 5 bor Angliya liga Kubogi sohibiga aylanishdi.
Xalqaro maydonda esa «Manchester Siti» Gvardiola boshqaruvida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bosh sovrinlariga ega chiqdi.