Rasman. «Man Siti» himoyachisi «Inter»ga ijaraga berildi

Manuel Akanji "Manchester Siti"dan "Inter"ga o'tdi.
Italiya klubi 30 yoshli himoyachini ijaraga olganini e'lon qildi. Kelishuvda muayyan shartlar bajarilganda majburiy bo'ladigan sotib olish imkoniyati mavjud.
Avvalroq, "Inter" shveytsariyalik futbolchining ijarasi uchun 2 mln evro to'lashi, sotib olish esa 15 mln evroga tushishi xabar qilingandi.