«Lids» o'z rasmiy saytida transfer haqida e'lon qildi. Markaziy himoyachi Tarik Muxaremovich Italiyaning «Sassuolo» klubidan Angliya klubiga ko'chib o'tdi. 23 yoshli Muxaremovich besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi oshkor etilmayapti.

Tarik Muxaremovich Bosniya va Gertsegovina milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Shu yoz himoyachi Jahon chempionatida ishtirok etdi.

«Lids» o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 14-o'rinni egallab, elitadagi o'rnini saqlab qolgandi. Kelasi chempionatning birinchi turida «tovus»lar safarda «Nottingem Forest»ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz