Rasman. "Latsio" darvozaboni APLga ko'chib o'tdi

Xristos Mandas "Latsio"dan "Bornmut"ga o'tdi.
Ingliz klubi 24 yoshli darvozabonni mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Avvalroq, "giloslar" 3 million evro to'lashi xabar qilingandi. Bitim, shuningdek, o'tkazilgan o'yinlarga qarab majburiy bo'lishi mumkin bo'lgan 18 million evro evaziga sotib olish bandini o'z ichiga oladi.
Joriy mavsumda Xristos Italiya kubogi doirasida bitta o'yin o'tkazdi.