Rasman. La Liga klubida iste'fo yuz berdi

"Real Sosedad" bosh murabbiyi Serxio Fransisko iste'foga chiqarildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Mutaxassis jamoani joriy yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Ispaniya chempionatining 16-turidan keyin "Real Sosedad" 16 ochko to'pladi va turnir jadvalida atigi 15-o'rinda bormoqda. Fransisko boshchiligidagi so'nggi o'yinda jamoa o'z maydonida "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.