Rasman: Korberan «Valensiya» murabbiyi sifatida qoladi

Ispaniyaning «Valensiya» klubi o'z rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Karlos Korberan bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
Mutaxassis klubdagi faoliyatini 2024 yilning dekabrida boshlagan edi. «Valensiya»ning so'nggi yillardagi katta muammolariga qaramay, u nisbatan qoniqarli natijalarga erisha oldi — uning boshqaruvida jamoa har safar mavsumni kuchli o'nlikda yakunladi.
Korberanning umumiy natijasi — 28 ta g'alaba, 22 ta mag'lubiyat va 17 ta durang. Ko'rinishidan, bu ko'rsatkich klub rahbariyatini ishontira olgan.
Ispaniyalik mutaxassis ilgari Gretsiyaning «Olimpiakos» va Angliyaning «Vest Bromvich» kabi klublarida ham ishlagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar